“Titanik" ortidan. Okeanda yoʻqolgan sayohatchilar halok boʻlgani eʼlon qilindi
Batiskaf qoldiqlari halokatdan dalolat beradi, ammo uning sababi nomaʼlumligicha qolmoqda.

Atlantika okeanidan “Titan” batiskafi (suv osti apparati) qoldiqlari topildi. Batiskafdagi besh kishi halok boʻlgan, deya hisoblanmoqda.
AQSh qirgʻoq xavfsizligi maʼlumotlariga koʻra, Kanadaning Horizon Arctic kemasidan tushirilgan “Odissey” suv osti kemasi “Titanik” kemasi halokatga uchragan joydan taxminan 500 metr (1600 fut) uzoqlikda batiskafning dum konusini va korpusning boshqa qismlarini topdi.
“Titanik” qoldiqlari 3800 metr chuqurlikda joylashgan.
Batiskaf qoldiqlari halokatdan dalolat beradi, ammo uning sababi nomaʼlumligicha qolmoqda.
Suvosti qurilmasida boʻlganlarning jasadlari topiladimi yoki yoʻqmi, bu ham nomaʼlum.
“Titan" ekipaji tarkibi quyidagi shaxslardan iborat edi: 58 yoshli britaniyalik tadbirkor va tadqiqotchi Hamish Xarding, 48 yoshli pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning 19 yoshli oʻgʻli Sulaymon, OceanGate direktori 61 yoshli Stokton Rash va 77 yoshli fransuz tadqiqotchisi Pol Anri Narjolet.
Eslatib oʻtamiz, afsonaviy “Titanik” choʻkkan joyga sayohatni boshlagan “Titan" oʻtgan yakshanba kuni, 18 iyunda suvga tushirilgan va biroz oʻtib undan signallar kelishi toʻxtagan. Shundan soʻng AQSh boshchiligidagi davlatlar qidiruv-qutqaruv tadbirlarini olib bordilar. Afsuski, qidiruv ishlari muvaffaqiyatli tugamadi.