platina.uz
Iqtisod

Poytaxt hokimligi qarzdorlikni yopish uchun byudjetdan katta pul ajratdi

Tumanlar orasida eng katta qarzdorlik Yashnobod, Uchtepa, Shayxontohur, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida kuzatilgan.

Poytaxt hokimligi qarzdorlikni yopish uchun byudjetdan katta pul ajratdi

Toshkent shahar hokimligi tumanlar va turli tashkilotlarning 2023 yil 1 aprel holatiga issiqlik va issiq suvdan qarzdorligini yopish uchun davlat byudjetidan 98 mlrd. soʻmdan koʻproq pul ajratgan.

1-ilovadagi roʻyxatda asosan shifoxonalar, tugʻuruquxonalar, muzeylar va maktablar oʻrin olgan. 2-ilovada esa 12 ta tumanning qarzdorligi uchun pul taqsimlanishi belgilangan.

Eng katta qarzdorliklar shahar klinikalari, jumladan, Perinatal markaz, 6-tugʻuruqxona, Ftiziatriya va pulmonologiya markazlariga berilgan.

Tumanlar orasida eng katta qarzdorlik Yashnobod, Uchtepa, Shayxontohur, Chilonzor va Yunusobod tumanlarida kuzatilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid