Oʻzbekistonda futzal boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi
Oʻzbekiston FIFA tasarrufidagi Jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi.

Bugun FIFA Kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi, unda Oʻzbekistonda jahon chempionati oʻtkazilishiga kelishib olindi.
Kun tartibidan FIFA miqyosidagi bir qator musobaqalar, xususan, futzal va futbol boʻyicha jahon birinchiligi musobaqalariga mezbon mamlakatlarni belgilash masalalari oʻrin oldi.
Eʼtiborli jihati, 2024-yilgi futzal boʻyicha jahon chempionati musobaqasi Oʻzbekistonda oʻtkazilishi belgilandi.
Shuni alohida taʼkidlash kerak-ki, Oʻzbekiston FIFA tasarrufidagi Jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston termasi oʻtgan yili Quvaytda oʻtgan Osiyo kubogida bronza medallarni qoʻlga kiritgandi.