platina.uz
Siyosat

Oʻzbek-qozoq chegarasida muammo qolmadi

Shartnoma bilan Oʻzbekiston-Qozogʻiston Davlat chegarasini belgilash boʻyicha ishlar toʻliq yakunlandi.

Oʻzbek-qozoq chegarasida muammo qolmadi

Oʻzbek-qozoq chegarasidagi muammolar hal qilindi, demarkatsiya boʻyicha qonun maʼqullandi.

Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi chegarani demarkatsiya qilish boʻyicha qonun koʻrib chiqildi.

Hujjat Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev tomonidan uning 2022 yil 21 dekabr kuni Oʻzbekistonga davlat tashrifi chogʻida imzolangandi.

Shartnomaga koʻra Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi Davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizigʻi uzunligi 2 356 kilometrdan ortiqdir.

Shartnoma bilan Oʻzbekiston-Qozogʻiston Davlat chegarasini belgilash boʻyicha ishlar toʻliq yakunlandi.

Yakunda qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi chegara uzunligi 2 356 kilometrni tashkil etadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston yil boshida Qirgʻiziston bilan davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonini yakunlagandi.

Maʼlumot oʻrnida: chegarani delimitatsiya qilish — qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi davlat chegarasini muzokaralar yoʻli bilan aniqlash, demarkatsiya esa joylardagi chegara chizigʻini maxsus belgilar (toʻsiqlar) bilan belgilashdir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid