platina.uz
Jahon

Oʻzbek kompaniyalari yangi sanksiyalar roʻyxatiga qoʻshildi

Xususan, paketda ayrim tovarlarni Rossiya hududiga kiritayotgan uchinchi davlatlarga eksportni taqiqlashni kengaytirish imkoniyati koʻzda tutilgan. 

Oʻzbek kompaniyalari yangi sanksiyalar roʻyxatiga qoʻshildi

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 11-paketi kuchga kirdi, unda Oʻzbekistondan ayrim kompaniyalar ham bor.

Estoniya Tashqi ishlar vaziri Margus Saxknaning soʻzlariga koʻra, 11-paket Rossiyaning avvalgi sanksiyalardan qochishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.

"Ukraina bu urushda gʻalaba qozonmaguncha, Estoniya va Yevropa Ittifoqi toʻxtamaydi, Rossiya va uning rahbariyati oʻz harakatlari uchun javobgar boʻladi", dedi tashqi ishlar vaziri.

Xususan, paketda ayrim tovarlarni Rossiya hududiga kiritayotgan uchinchi davlatlarga eksportni taqiqlashni kengaytirish imkoniyati koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, Rossiyada roʻyxatdan oʻtgan treylerlarga Yevropa Ittifoqiga yuk tashish taqiqlanadi, neft embargosi va narx chegarasi qoidalarini buzgan kemalarning Ittifoq portlariga kirishi taqiqlanadi.

Yangi paket Germaniya va Polsha uchun "Drujba" quvuri orqali neft olish boʻyicha istisnolarni bekor qilishni nazarda tutadi (mamlakatlarning oʻzlari qishda quvur orqali Rossiya xom ashyosini olishdan bosh tortgan). Shu bilan birga, YeI Qozogʻiston yoki boshqa har qanday davlatdan Rossiya hududi orqali “Drujba” boʻylab Yevropaga neft yetkazib berish taqiqlanmasligini taʼkidladi.

Yevroittifoq kengashi sanksiyalar roʻyxatiga 87 ta tashkilot qoʻshilganini eʼlon qildi. Ular Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qoʻllab-quvvatlashda ayblanmoqda.

Ular Xitoy, Oʻzbekiston, BAA, Suriya va Armaniston tashkilotlaridir, deyiladi hisobotda.

Shuningdek, 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar "qora roʻyxat"ga kiritildi, ularning aktivlari muzlatiladi. Shaxslarning ismlari hozircha oshkor etilmagan, ammo unda sudyalar, "ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda ishtirok etgan" yuqori martabali harbiy amaldorlar, biznesmenlar, jurnalistlar va Rossiya razvedkasiga xizmat koʻrsatuvchi Rossiya IT kompaniyalari, shuningdek, banklar borligini taʼkidlandi.

Yevropa Ittifoqi, shuningdek, Rossiyaga qimmatbaho avtomobillar, dvigateli 1,9 litrdan ortiq boʻlgan barcha elektr va gibrid avtomobillar eksporti taqiqini uzaytiradi.

Bundan tashqari, Yevropada Rossiyaning RT Balkan, Oriental Review, «Sargrad», New Eastern Outlook va Katehon telekanallarining translyatsiya litsenziyalarini toʻxtatdi.

Rasmiy Bryussel mart oyining boshidan beri cheklovlarning yangi bosqichi ustida ishlamoqda.

Bundan avvalgi, yaʼni 10-paket joriy yil fevral oyida eʼlon qilingandi. Unda Yevroittifoq turli elektronika mahsulotlariga, shuningdek Rossiyaning 121ta yuridik va jismoniy shaxslariga cheklovlar kiritgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid