platina.uz
Jahon

Erdoʻgʻonning ashaddiy raqibi juda uzoq muddatga qamalishi mumkin

Daʼvolarning aksariyati amaldagi prezident Erdoʻgʻonni haqorat qilish bilan bogʻliq.

Erdoʻgʻonning ashaddiy raqibi juda uzoq muddatga qamalishi mumkin

2023 yilgi Turkiya prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoroʻgʻli qamalishi mumkin. U oʻziga qarshi ochilgan 28 ta daʼvo boʻyicha tergov doirasida hibsga olinishi mumkin, deb xabar berdi Cumhuriyet telekanali.

Telekanal axborotiga koʻra, Kilichdoroʻgʻlu prezidentlikka nomzodini qoʻygani uchun bir vaqtning oʻzida boʻlib oʻtayotgan parlament saylovlarida qatnasha olmagan va deputatlik daxlsizligidan mahrum boʻlgan.

Agar hamma ayblovlar boʻyicha jazo tayinlansa, Kilichdarogʻlu jami 110 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi. Daʼvolarning aksariyati amaldagi prezident Erdoʻgʻonni haqorat qilish bilan bogʻliq. Xususan, Qilichdoroʻgʻli raqibini Muammar Kaddafi va Saddam Husayn kabi diktatorlarga mengzagandi.

Shu bilan birga, baʼzi turk siyosatchilarining fikricha muxolifat yetakchisining javobgarlikka tortilishi dargumon, chunki bu mamlakatdagi siyosiy vaziyatning beqarorlashishiga olib kelishi mumkin.

Saylovning ikkinchi turida Qilichdoroʻgʻli qariyb 48 foiz ovoz toʻplaganiyoq uning mamlakatda tarafdorlari anchaligidan dalolat beradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid