platina.uz
Jamiyat

Birinchi xususiy fazoviy kema — Ilon Maskka tegishli emas

Platina.uz 21 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Birinchi xususiy fazoviy kema — Ilon Maskka tegishli emas

Platina.uz 21 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Xalqaro yoga kuni. Asrlar davomida bu jismoniy mashqlar tana va ongni, ruhni bogʻlashning bir usuli hisoblanadi. Xalqaro yoga kuni munosabati bilan butun dunyo aholisining koʻpchiligi yoga bilan shugʻullanishni boshlashadi. Yoga 5000 yil oldin Hindistonda paydo boʻlgan qadimiy amaliyot hisoblanadi. Yoga maʼrifatga yaqinlashish uchun ong, tana va ruhni oʻzaro bogʻlash usuli sifatida ishlab chiqilgan. Keyinchalik u tananing umumiy farovonligiga yordam berish, jismoniy shikastlanishlar va surunkali ogʻriqlarni yengillashtirish daʼvolari bilan jismoniy mashqlar va dam olish usuli sifatida ommalashdi. 2015 yil 21 iyun kuni 36 000 ga yaqin odam dunyoning turli burchaklaridan kelgan boshqa koʻplab nufuzli siyosiy arboblar Nyu-Dehlida birinchi Xalqaro yoga kunida 35 daqiqa davomida 21 ta asana (yoga pozitsiyasi) bajarishdi va oʻshandan beri bu kun butun dunyoda nishonlanadi.

Xalqaro Quyosh kuni – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi turli xalqlar madaniyatining qadr-qimmatini tan olgan holda, dunyo xalqlarining madaniy xilma-xilligi va anʼanalarini saqlashga intilib, har yili 21 iyunda nishonlanadigan ushbu bayramning tashkil etilishi boʻyicha rezolyutsiya qabul qildi.

Voqealar

  • 1633 yil — Galileo Galiley inkvizitsiyaga uchrab, qamoqqa tashlangan.
  • 1749 yil — Kanadada Galifaks shahriga asos solingan (hozirgi Chebukto).
  • 1898 yil — Guam AQSh hududiga aylangan.
  • 1913 yil — birinchi marta ayol kishi samolyotdan parashyutda sakragan. Oʻn sakkiz yoshli amerikalik Jorjiya Brodvik besh kilogrammli ipak parashyutdan foydalanib, Glenn Martin boshqargan samolyotdan 305 metr balandlikdan sakrab, Griffit Fild aerodromiga (Los – Anjeles, Kaliforniya) yetib kelgan.
  • 1930 yil – Fransiyada bir yillik harbiy xizmat kuchga kirdi.
  • 1941 yil – Ikkinchi jahon urushi: Germaniya qoʻshinlari Barbarossa rejasiga binoan 22 iyun kuni SSSRga qarshi harbiy operatsiyalarni boshlash uchun oldindan tayyorlangan harakatlar amalga oshirilgan. Germaniya kuchlari SSSR hududiga kira boshlagan.
  • 1948 yil – Germaniyada yangi valyuta – nemis markasi muomalaga kiritilgan.
  • 1957 yil – Ellen Feyrklough Kanadaning birinchi ayol vaziri boʻldi.
  • 2004 yil – dunyodagi birinchi xususiy boshqariladigan fazoviy kema – SpaceShipOne birinchi marta kosmosga chiqqan. Bu parvozning asosiy taʼsischisi va moliyalashtiruvchisi esa Ilon Mask singari «tagi baquvvat» amerikalik milliarder emas, balki eronlik ayol boʻlgan. SpaceShipOne kosmik parvoz loyihasini asosiy moliyalashtiruvchisi va titul homiysi 1966 yilda Mashhad shahrida tugʻilgan Anusha Ansoriy ismli ayol boʻlgan.
  • 2006 yil – Plutonning yangi kashf etilgan yoʻldoshlari rasman Niks va Gidra deb nomlandi.
  • 2009 yil – Grenlandiya oʻz-oʻzini boshqarishni zimmasiga oldi.

Tavalludlar

  • 1943 yil – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Shavkat Karimov;
  • 1967 yil – Tayland tarixidagi eng birinchi ayol bosh vazir, siyosatchi, partiya rahbari Yinglak Chinnavat;
  • 1973 yil – Slovakiyaning birinchi ayol va eng yosh prezidenti, siyosatchi, huquqshunos va faol jamoatchi Zuzana Chaputova;
  • 1979 yil – mashhur amerikalik aktyor Kris Pratt;
  • 1982 yil – Qirol Charlz va Malika Diananing toʻngʻich oʻgʻli, Kembrij gersogi shahzoda Uilliam;
  • 1995 yil – bolalar yozuvchisi, ssenariy muallifi, tarjimon, dizayner va sportchi Xurshid Zohidullo oʻgʻli.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid