Bekobod hokimining birdaniga 3 oʻrinbosari ishdan ketdi
Bekobod shahar hokimining 3 nafar oʻrinbosari birdaniga ishdan olingan, hozircha sababi nomaʼlum.

Toshkent viloyati Bekobod shahar hokimining 3 nafar oʻrinbosari birdaniga ishdan olingan, hozircha sababi nomaʼlum.
Shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Behzod Mirzaqulov lavozimidan ozod etilib, oʻrniga Qobiljon Safarov tayinlangan.
Shu munosabat bilan Q.Safarov shahar hokimi oʻrinbosari — investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Olim Ergashov ham ishdan olingan, oʻrniga Erkinjon Norboʻtayev tayinlangan.




