platina.uz
Sport

Millatlar ligasida chempion aniqlandi

Uchrashuvning asosiy va qoʻshimcha vaqtlarida jamoalar xavfli vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. Shu sababli oʻyin taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻldi.

Millatlar ligasida chempion aniqlandi

Ispaniya terma jamoasi Yevropa millatlar ligasi finalida Xorvatiyani penaltilar seriyasiga koʻra magʻlubiyatga uchratdi va chempionga aylandi.

Uchrashuvning asosiy va qoʻshimcha vaqtlarida jamoalar xavfli vaziyatlarni golga aylantira olishmadi. Shu sababli oʻyin taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻldi. Unai Simon "lotereya"da ikki bor xorvatlar zarbasini qaytarib, uchrashuv qahramoni boʻldi.

Uchinchi oʻrin uchun bahsda esa Italiya termasi Niderlandiyani 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Millatlar ligasi, final

  • Xorvatiya – Ispaniya 0:0 (penaltilar seriyasi - 4:5)
  • Xorvatiya: Livakovich, Yuranovich (Stanishich, 112), Erlich, Shutalo, Perishich, Modrich, Kovachich, Brozovich, Pashalich (Petkovich, 61), Ivanushets (Vlashich, 78), Kramarich (Mayer, 90).
  • Ispaniya: Unai Simon, Navas (Karvaxal, 97), Laport, Le Norman (Nacho, 78), Alba, Fabian Ruis (Merino, 78), Rodri, Pino (Fati, 66), Gavi (Olmo, 87), Asensio, Morata (Xoselu, 66).
  • Ogohlantirishlar: Gavi (81), Petkovich (90), Nacho (96), Rodri (97).
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid