Jizzaxda katta yoshlik bayrami boʻlib oʻtdi
Yoshlar festivali doirasida oʻtkazilgan mazkur loyihada jizzaxlik yoshlar turli tanlovlar, shou-dasturlar, koʻngilochar tadbirlarda qatnashish imkoniga ega boʻlishdi.

Kecha, 18 iyun kuni Jizzax viloyatida yoshlar oyligi doirasida katta gala-konsert va boshqa koʻngilochar dasturlar boʻlib oʻtdi.
Yoshlar festivali doirasida oʻtkazilgan mazkur loyihada jizzaxlik yoshlar turli tanlovlar, shou-dasturlar, koʻngilochar tadbirlarda qatnashish imkoniga ega boʻlishdi.
Jizzax viloyatida oʻtkazilgan yakuniy gala-konsert haqidagi reportaj bugun, 19 iyun kuni soat 14:40da “Mening yurtim” telekanalida namoyish etiladi.