Counter Strike oʻyini tugʻilgan sana
Platina.uz 19 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 19 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Butunjahon irsiy qon kasalligiga qarshi kurash kuni. Oʻroqsimon hujayrali kasallik dunyodagi eng keng tarqalgan irsiy qon kasalligi boʻlib, uni davolash mumkin boʻlsa-da, u har yili yuz minglab bolalarga taʼsir qiladi, ularning koʻpchiligi tugʻilganidan keyin besh kun ham yashamaydi. Bu potensial oʻlimga olib keladigan kasallik boʻlib, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, turli Afrika mamlakatlarida besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida erta oʻlimning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Sanani nishonlashdan maqsad kasallik haqida maʼlumot almashish, tadqiqotlarni yaxshilash va unga muhtoj boʻlgan oilalarga umid va yordam berishdir.
2008 yildan beri har yili Butunjahon oʻroqsimon hujayrali kasallik (qon kasalligi) kuni va jabrlanuvchilar va ularning oilalari boshidan kechirayotgan kurashlar haqida jamoatchilik bilimini va xabardorlikni oshirishga yordam berish maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu sana BMT tomonidan rasman qabul qilingan.
Mojarolarda jinsiy zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni – 2015 yil 19 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi A/RES/69/293, rezolyutsiyasini qabul qilib, mojarolar bilan bogʻliq jinsiy zoʻravonlikka barham berish, jinsiy zoʻravonlik qurbonlari va omon qolganlarni hurmat qilish zarurligi toʻgʻrisida xabardorlikni oshirish maqsadida Mojarolarda jinsiy zoʻravonlikka barham berish xalqaro kunini taʼsis etdi.
Zoʻravon ekstremizmning kuchayishiga javoban Xavfsizlik Kengashi S/RES/2331 rezolyutsiyasini qabul qildi, unda birinchi marta odam savdosi, jinsiy zoʻravonlik, terrorizm va transmilliy uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlari oʻrtasidagi bogʻliqlik koʻrib chiqildi. Jinsiy zoʻravonlikni terroristik taktika sifatida tan olish bilan birga, u terroristik guruhlar tomonidan sodir etilgan odam savdosi va jinsiy zoʻravonlik qurbonlari terrorizm qurbonlari sifatida rasmiy kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlishi kerakligini tasdiqladi.
AQShda mansipasi kuni. Ushbu bayramni ozodlik kuni ham deb atashadi. Umuman, xalqaro ayollarning mansipasi kuni 30 mayda nishonlanadi. Taxminlarga koʻra, bayramning paydo boʻlishiga tarixiy voqea sababchi: 1431 yil 30 mayda anʼanaviy “erkak” mashgʻulotlarda urushda va diplomatiyada kuchli jins koʻplab vakillaridan oʻzib ketgan qiz – Janna d‘Ark qatl qilingan. Bundan tashqari, 1932 yili 30 mayda Germaniyada “Ayol-amaldorlar yuridik holati toʻgʻrisidagi” qonun qabul qilingan edi. Biroq Texasda – AQShning eng yirik shtatlaridan birida odatdagidek “oʻz yoʻli bilan borishga” qaror kilindi va 19 iyunda nishonlanadigan Amerikaning mansipasi kuni tayinlandi.
Chetdan qaraganda, ayniqsa hozirgi vaqtda, bu shtatda hech nima ayollarning huquqlari oʻziga xos himoyaga muhtojligini koʻrsatmayapti. Bundan tashqari, aholini roʻyxatlashga koʻra, shu yerda yashayotgan erkaklar sonidan koʻra ayollar soni hatto koʻproq.
Voqealar
- 1809 yil — Fin davlati tashkil topdi.
- 1846 yil — Nyu-Jersida tarixdagi birinchi beysbol oʻyini boʻldi.
- 1917 yil — Buyuk Britaniyadagi hukmron sulola nomi Vindzorlarga oʻzgardi.
- 1990 yil — Shengen bitimi davlatlari oʻrtasida chegara nazorati bekor qilindi.
- 1961 yil — Kuvayt Buyuk Britaniyadan mustaqilligini eʼlon qildi.
- 1990 yil — Mahalliy xalqlarni himoya qiluvchi xalqaro qonun, 1989 yilgi Mahalliy va qabila xalqlari konvensiyasi Norvegiya tomonidan birinchi marta ratifikatsiya qilindi.
- 1991 yil — Vengriyadagi soʻnggi sovet armiyasi boʻlinmalari olib chiqildi.
- 1999 yil — eng mashhur Counter-Strike onlayn otishma oʻyinining birinchi versiyasi (1.0 Beta) chiqdi.
- 2017 yil — Vazirlar Mahkamasining "Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" gi 389-sonli qarori qabul qilindi.
- 2021 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koʻp kvartirali uy joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Tavalludlar
- 1653 yil — Paskal teoremasi muallimi, fransuz matematigi, fizigi, ixtirochisi, adibi va faylasufi Blaise Paskal;
- 1926 yil — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Azizxon Qayumov;
- 1955 yil – oʻzbek shifokori va davlat arbobi, Endokrinologiya instituti direktori (2016-2020), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vaziri (2012-2016) Anvar Alimov;
- 1961 yil – ikkinchi va amaldagi Nepal prezidenti Bidxya Bhandari;
- 1964 yil – Britaniya sobiq bosh vaziri, siyosatchi Boris Jonson;
- 1971 yil – oʻzbek jurnalisti, muxbir va muharrir, publitsist Lola (Lobar) Islomova;
- 1978 yil – taniqli amerikalik kinoaktrisa Zoi Saldana.




