platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Eronga tashrifi boshlandi

Oʻzbekiston rahbarini Eron prezidenti Ibrohim Raisiy kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyevning Eronga tashrifi boshlandi

Tehrondagi “Saadobod” majmuasining “Jumhuri” saroyida Eronga rasmiy tashrif bilan borgan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasman kutib olindi.

Oʻzbekiston rahbarini Eron prezidenti Ibrohim Raisiy kutib oldi.

Saroy oldidagi maydonda mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Eron davlat bayroqlari koʻtarildi. Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Hozir ularning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid