Samarqandda qum boʻroni boshlandi
Hududdagi kuchli shamoldan keyin bir qator tumanlarda elektr taʼminoti uzib qoʻyilgan.

Samarqand viloyatining ayrim hududlarida kuchli qum boʻronlari kuzatilyapti. Kuchli shamol esa ularni poytaxt sari boshlab bormoqda.
Natijada soat 11:30 holatiga ayrim elektr uzatish tarmoqlari xavfsizlikni taʼminlash maqsadida oʻchirilgan. Masalan, Jomboy, Pastdargʻom va Bulungʻur tumanlarining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilish kuzatilmoqda.
Energetika vazirligining aytishicha, hududda kuchli shamol pasaygandan soʻng elektr taʼminoti qayta tiklanadi.




