Oʻsha mashhur "yetti qoʻl" jang uslubi
Platina.uz 18 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi

Platina.uz 18 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi
Xalqaro piknik kuni. Pikniklar koʻp yillar davomida koʻpchilik xalqlar madaniyatlarining asosiy qismi boʻlib kelgan va dastlab Fransiya inqilobi davrida paydo boʻla boshlagan. Piknik kunini nishonlash insonlarni oila va doʻstlar bilan vaqt oʻtkazishga undashning ajoyib usuli. Piknik konsepsiyasi kengaygani sari, turli joylarda koʻp sonli turli anʼanalar paydo boʻldi.
Xalqaro kamsituvchi nutqlarga qarshi kurashish kuni. BMT kamsituvchi nutqqa qarshi rezolyutsiyani qabul qildi va unga koʻra, nafrat nutqi dini, etnik va ijtimoiy kelib chiqishi, millati, irqi, rangi, jinsi yoki boshqa oʻziga xoslik omillariga qarab shaxs yoki guruhga hujum qiladigan yoki kamsituvchi har qanday nutq jinoyatdir.
Moldovada tarixchilar kuni. Moldovada juda koʻp tarixiy yodgorliklar: moldova oʻrta asrlar Xotin qalʼasi, Soroka, Tigina, Oq Qalʼalar davlat mudofaa sistemasini tartibga solishda muhim obʼekt boʻlib xizmat qilgan. Keprin, Rud, Xirbovets, Kurk monastirlari Moldovaning eng qadimgi monastirlaridan hisoblanadi.
Voqealar
- 1391 yil – Qunduzcha (hozirgi Samara bilan Chistopol oraligʻidagi Kondurcha shaharchasi) mavzesida Amir Temur va Toʻxtamish oʻrtasida jang yuz berdi. Amir Temur birinchi marta oʻz lashkarini shu paytgacha qoʻllanmagan “yetti qoʻl” tartibida tuzdi.
- 1821 yil – Xiva xoni tomonidan Doʻstimbiy va Bekijonbek Buxoriy boshchiligidagi oʻzbek, yovmut, chovdur va yimroli qabilalari vakillaridan iborat yetti ming kishilik katta harbiy guruh Buxoro chopovuliga talon-toroj qilish uchun yuborildi. Ular Qora hoji ustidan yurib Qorakoʻlni chopmoq (talamoq) uchun Qandahor qumiga kiradilar va tashnalikdan 40 kishi, shu jumladan, Jahongirbek Buxoriy va Qutlugʻmurod yuzboshi ham halok boʻladi.
- 1889 yil – amerikalik Uilyam Richardson bolalar kolyaskasiga patent oldi.
- 1908 yil – Filippin universiteti tashkil etildi.
- 1982 yil – Oʻzbekiston xalq artisti, Xalqaro Javoharlaʼl Neru va Jamol Abdul Nosir mukofotlari laureati Muxtor Ashrafiy uy muzeyi ochildi.
- 1989 yil – uzoq muhokamalar, turli takliflardan soʻng “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunning loyihasi matbuotda eʼlon qilindi.
- 2006 yil – Qozogʻistonning birinchi kosmik sunʼiy yoʻldoshi KazSat-1 uchirildi.
- 2008 yil – Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat texnika universitetida kadrlar tayyorlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Tavalludlar
- 980 yil – oʻrta osiyolik buyuk qomusiy olim, tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sino;
- 1918 yil – Nobel mukofoti laureati, amerikalik iqtisodchi, doktor Modilyani Franko;
- 1934 yil – farmakolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Sanʼat Azizova;
- 1946 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Nuriddin Hamroqulov;
- 1974 yil – oʻzbek tomoshabinlariga “Achchiq hayot” teleserialidagi Mehmet roli bilan tanish boʻlgan Kenan Imirzali oʻgʻli;
- 1978 yil – Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi, oʻzbek iqtisodchisi va diplomati Botir Asadov;
- 1983 yil – oʻzbek rejissyori, aktyor va prodyuser Muhammad Ali tavallud topgan.




