Mirziyoyev va Raisiy tor va keng doirada uchrashdi
Oʻzbekiston fanlar akademiyasi fondlarida saqlanayotgan qadimgi qoʻlyozmalarni chuqur oʻrganish uchun qoʻshma ilmiy guruh ham tuziladi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy tor va keng doirada muzokaralar oʻtkazishdi.
Prezidentlar innovatsiyalar, sunʼiy intellekt, nanotexnologiyalar, kibernetika, texnologiyalar transferi kabi sohalarda tajriba almashishga kelishib olishdi.
Shuningdek, Buxoro viloyati va Hamadon ustoni, Samarqand va Isfaxon shaharlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatiladi. Ikki mamlakat poytaxtlari oʻrtasidagi muntazam aviaqatnovlar koʻpaytiriladi.
Oʻzbekiston fanlar akademiyasi fondlarida saqlanayotgan qadimgi qoʻlyozmalarni chuqur oʻrganish uchun qoʻshma ilmiy guruh ham tuziladi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlari bir qator qoʻshma “yoʻl xarita”larini tayyorlash va erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha topshiriq berdilar.




