Yevropa millatlar ligasi: finalchilar aniq
Niderlandiyada Yevropa millatlar ligasining yarim final uchrashuvlari yakunlandi va finalchilar nomi maʼlum boʻldi.

Niderlandiyada Yevropa millatlar ligasining yarim final uchrashuvlari yakunlandi va finalchilar nomi maʼlum boʻldi.
Birinchi juftlikda Niderlandiya va Xorvatiya futbol muxlislariga drama qoʻyib berishdi. Asosiy vaqtlar 2:2 hisobida tugab, qoʻshimcha vaqtlarda xorvatlar 2 ta gol urib ketishdi.
Ispaniya va Italiya oʻrtasidagi ikkinchi oʻyin esa murosasiz kechdi. Ispanlarning bir goliga italyanlar penaltidan javob qaytargan boʻlsa, 88-daqiqada Xoseluning gol Ispaniyani finalga olib chiqdi.
Shu tariqa 18 iyun kuni Xorvatiya va Ispaniya finalda oʻynaydi. Niderlandiya va Italiya esa 3-oʻrin uchun kurash olib boradi.
Millatlar ligasi, yarim final
Niderlandiya - Xorvatiya - 2:4
Gollar: Doniell Malen, 34 (1:0). Andrey Kramarich, 55 pen. (1:1). Mario Pashalich, 72 (1:2). Noa Lang, 90+6 (2:2). Bruno Petkovich, 98 (2:3). Luka Modrich, 116 pen. (2:4).
Ispaniya - Italiya - 2:1
Gollar: Yeremi Pino, 3 (1:0). Chiro Immobile, 11 pen. (1:1). Xoselu, 88 (2:1).




