UYeFA tashkil topgan kun
Platina.uz 15 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 15 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Otalar kuni. Bu bayramning mashhurligi uzoq 1910 yildan boshlangan. Bu rasmiy maqom unga 1966 yilda berilgan boʻlib, uni oʻsha paytdagi prezident Lindon Jons tasdiqlagan. Bu fikrning kelib chiqishi oddiy Amerika fuqarosi Sonora Smart Doddan chiqqan edi. U oʻzining intilishi bilan otasiga hurmat, ehtiromi va minnatdorligini bildirmoqchi edi. Otasi xotinining bevaqt oʻlimidan keyin oltita bolani katta qilgan edi. Sonora prezidentga ushbu bayramni tasdiqlashi uchun murojaat etdi. Farzandlarining hayoti va ularning rivojlanishida otalarning roli qanchalik katta ekanida jamoatchilik diqqatini qaratishni maqsad qilgan. Har bir davlat bu bayramni oʻzining milliy qadriyatlari boʻyicha nishonlaydi. Kanada bu bayramda har xil tanlovlar, bilimni oshiruvchi ekskursiyalar, sport musobaqalari oʻtkazadilar.
Xalqaro sayr kuni. Ushbu noodatiy bayramni yoshu qari birdek yaxshi koʻradi. Dunyoning koʻplab mamlakatlarida aynan mana shu kuni minglab odamlar oila aʼzolari va yaqinlari bilan birgalikda toza havoda sayr qiladilar. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, odamlarning 87 foizi tabiat qoʻynida oʻzini baxtliroq, sogʻlomroq va kuchliroq his etadi. Olimlar sayr qilish koʻplab kasalliklardan davolanishning bepul usuli ekanini aytishadi.
Oʻzbekistonda har yili shu sanada OTMga hujjatlar qabul qilish boshlanadi va 15 iyulgacha davom etadi.
Voqealar
- 1403 yil – bundan 618 yil oldin Fransiya qiroli Karl VI Amir Temurga javob maktubini yoʻlladi. Maktubdan maʼlum boʻlishicha, Amir Temurning takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan. Amir Temur bundan oldinroq 1402 yilning yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yoʻllagan edi. Elchilar Parijga 1403 yil may oyida yetib bordilar. Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun erkin savdo munosabatlari olib borilishini taʼminlash va agar qirol hamda gersoglar rozi boʻlsalar, bu erkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etgan edilar.
- 1667 yil – insonga birinchi qon quyish amalga oshirildi.
- 1752 yil – Benjamin Franklin chaqmoq elektr ekanini isbotladi.
- 1800 yil – Qoʻshma Shtatlarning Muvaqqat armiyasi tarqatib yuborildi.
- 1916 yil – bundan 105 yil oldin Buxoro – Termiz temir yoʻli qurilishi tugallandi. Qurilish ishlari 1914 yilning 16 iyunida boshlangan. Temir yoʻlning umumiy uzunligi 572 verstga teng edi. Temir yoʻl qurilishida 7 mingdan ortiq kishi ishtiroketdi.
- 1954 yil — Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) tashkil topdi.
- 2001 yil — Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat rahbarlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga imzo chekdilar.
- 2010 yil – “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi arxiv ishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
- 2018 yil - Ramazon hayiti nishonlandi.
Tavalludlar
- 1330 yil – Angliya shahzodasi Edvard;
- 1605 yil – ingliz shoiri va dramaturgi Tomas Rendolf;
- 1765 yil – ingliz sharqshunosi Genri Tomas Kolibruk;
- 1905 yil - fizik olim, davlat va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi Ubay Orifov;
- 1953 yil — xitoylik siyosat arbobi, XXR raisi Si Szin Pin;
- 1957 yil - Oʻzbekiston xalq hofizi, Muqimiy teatri aktyori va xonandasi Beknazar Doʻstmurodov.
Vafot etganlar
- 2002 yil – bastakor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Oʻzbekiston xalq artisti Mutal Burhonov 86 yoshda.




