Ruslan Davletov basketbol federatsiyasidan ketdi
Ruslan Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi raisi boʻlib ishlab kelgan Ruslanbek Davletov oʻz xohishiga koʻra lavozimidan ozod etilgan.
Uning oʻrniga Transport vaziri Ilhom Mahkamov federatsiya raisi lavozimiga saylangan. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar bermoqda.
Eslatib oʻtamiz, Ruslan Davletov prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan Adliya vaziri lavozimidan ozod etilgandi.




