Surxondaryo hokimi mahalla binosi uchun salkam 1 mlrd. ajratdi
“Yagona buyurtmachi xizmati” DUK ajratilgan mablagʻlarning amaldagi qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda samarali va maqsadli sarflanishi uchun javobgar etib belgilangan.
Surxondaryo viloyati hokimi farmoyishi bilan Sherobod tumani “Kattabogʻ” MFYdagi mahalla markazi binosini qurish uchun 961 000 000 million soʻm ajratilgan.
Bu pullar byudjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Termiz shahridagi oqova suv tarmogʻi orqali boradigan oqova suvni qayta tozalash markazlashgan inshootini taʼmirlash uchun ajratilgan 1,3 milliard soʻm mablagʻning oʻzlashtirilmagan qismi hisoblanadi.
“Yagona buyurtmachi xizmati” DUK ajratilgan mablagʻlarning amaldagi qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda samarali va maqsadli sarflanishi uchun javobgar etib belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, kecha viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov senator etib saylangan edi.