Konstitutsiyaga ilk bor oʻzgartirish kiritilgan kun
Platina.uz 14 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

14 iyun sanasi bilan bogʻliq xabarlar
Xalqaro blogerlar kuni. Bu kunni bayram qilish gʻoyasi 2004 yilda paydo boʻlgan. Bir kunning oʻzida 40 mamlakatda faoliyat olib boruvchi 500 bloger oʻz bayramlarini, oʻz kunlarini nishonlashga qaror qilishgan va aynan shu kun blogerlar kuni, deya eʼlon qilingan. Bu kun turli tillarda blog yurituvchi kishilarni oʻzaro birlashtiradi, ular oʻrtasida doʻstona munosabat shakllantiradi, butun Internet foydalanuvchilari bilan aloqalarini mustahkamlaydi. Oʻzbekistonda ham har yili mana shu kun Xalqaro blogerlar kuni sifatida nishonlanadi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatda blogerlar oʻrtasida chempionatlar ham oʻtkazib kelinadi. Xalqaro blogerlar kunidan tashqari 31 avgust kuni Blog kuni (original atalishi — blog day) ham oʻtkaziladi. Aynan shu kuni har bir bloger oʻz sahifasida turli mavzularga oid beshta kundalik eʼlon qiladi. Darvoqe, Blog kuni nega aynan 31 avgust kuni oʻtkaziladi? Bu gʻoya 2005 yilda tashkil etilgan. Oʻshanda “blog” soʻzi raqamlashtirilganda 3108 raqamlari kelib chiqqan.
Butunjahon donorlar kuni. 2005 yilda Butunjahon qon berish donorlik kuni belgilandi va bu kunavstraliyalik vrach immunolog, odam qon guruhlarini aniqlagan, Nobel mukofoti laureati Karl Landshdeynerning tugʻilgan kuni bilan bogʻlandi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalqaro Assambleyasida dunyo davlatlari sogʻliqni saqlash vazirlari yakdillik bilan begʻaraz qon donorligini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi taklifni maʼqullagan edi. Maʼlumotlarga koʻra, har bir mamlakat oʻz aholisining qonga boʻlgan talabini qondirish uchun 1000 nafar kishiga donorlar soni 30 nafar va undan ortiq boʻlishi, qon komponentlari bilan taʼminlash uchun esa donorlar soni har 1000 nafar kishiga 10 nafar yoki aholi soniga nisbatan 1 foizni tashkil etishi zarur. Mamlakatimizda 18 yoshdan 60 yoshgacha, vazni 50 kilogrammdan yuqori, gemoglobin miqdori meʼyorida boʻlgan (erkaklarda 128 g/l, ayollarda 120 g/l) har bir shaxs donor boʻlishi va yiliga 4 marta qon topshirishi mumkin. Har bir topshirilgan qonning maksimal miqdori 450 mlga teng. Aytish joizki, mamlakatimizda oʻz qonini kamida 40 marta, qon komponentlarini 60 marta topshirgan kishilar faxriy donor hisoblanadi va “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Amerika bayrogʻi kuni. 1777 yildan buyon amerikaliklar shu kunni AQShning birinchi milliy bayrogʻi qabul qilgan kun sifatida nishonlaydi. Birinchi bayroqda xuddi shu 13 ta qizil va oq chiziqlar mavjud edi. Biroq, asrlar davomida davlatlar soni ortib borishi sababli yulduzlarning soni va joylashuvi oʻzgargan. Hozirgi bayroq esa 1960 yildan beri oʻzgarishsiz qolmoqda.
AQSh armiyasi kuni. Amerikada ilk armiya tuzilgan kun sifatida nishonlanadi. 1775 yilda yaratilgan armiya dastlab kontinental armiyaga asoslangan koʻngilli askarlardan iborat boʻlgan va inqilobiy urushga qarshi kurashish uchun tuzilgan.
Voqealar
- 1618 yil - Joris Veseler tomonidan Amsterdamda birinchi golland gazetasi chop etildi.
- 1846 yil – KaliforniyaRespublika deb eʼlon qilingan.
- 1900 yil - Gavayi Amerika qoʻshma shtatlariga qoʻshildi.
- 1907 yil - norvegiyalik ayollar parlament saylovlarida ovoz berish huquqiga ega boʻldi.
- 1937 yil - AQSh Vakillar palatasi marixuanaga soliq qonunini qabul qildi.
- Turkiya buyuk millat majlisida Hatay mustaqilligi tasdiqlandi.
- 1940 yil - Ikkinchi jahon urushida Germaniyaqoʻshinlari Parijga bostirib kirdi va Fransiya taslim boʻldi.
- Litvamustamlakaga aylandi.
- yetti yuz yigirma sakkiz nafar polshalik siyosiy mahbus Osvensim konslagerniing birinchi tutqunlariga aylanishdi.
- 1949 yil - Albert laqabli maymun, V-2 raketasida 134 km balandlikka chiqdi va koinotdagi birinchi sutemizuvchi va birinchi maymunga aylandi.
- Vetnam davlati tashkil etildi.
- 1955 yil - Chili Buenos-Ayres mualliflik huquqi shartnomasini imzoladi.
- 1959 yil - Gʻarbiy yarimsharda birinchi kunlik ishlaydigan Disneylend ochildi.
- 1962 yil - Parijda Yevropa kosmik tadqiqotlar tashkiloti tashkil etildi va keyinchalik Yevropa kosmik agentligiga aylandi.
- 1985 yil - Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining besh aʼzosi – Fransiya, Germaniya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg chegara nazoratisiz erkin sayohat zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi "Shengen" bitimini imzoladilar.
- 1991 yil - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.
- Kooperatsiya toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
- 2001 yil - Oʻzbekiston Shanxay forumiga aʼzo boʻldi.
- 2008 yil - Odil Ahmedov dubl qayd etib, Livan va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻyinda terma jamoaga gʻalaba keltirdi.
- 2021 yil - «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi.
Tavalludlar
- 1868 yil - qon guruhlari va rezus-faktorni kashf etgan avstriyalik immunolog Karl Landsteiner;
- 1856 yil - katta sonlar qonuni (Markov zanjirlari)ni eng umumiy shartlarda isbot qilgan rossiyalik matematik professor Andrey Markov;
- 1946 yil – AQShning 45-prezidenti, biznesmen, amerikalik siyosatchi Donald Tramp;
- 1946 yil - oʻzbek sanʼatkorlari tomonidan kuylanib kelayotgan «Layli, Layli, Laylijon», «Guli sangam» kabi dilrabo asarlar asl ijrochisi, afgʻon xonandasi, bastakor va shoir, afgʻon musiqiy estradasi asoschilaridan biri Zohir (Zoyir) Ahmad.
- 1955 yil – “Devdas”, “Vir va Zara”, “Senga jonim fido, senga jon fido” kartinalari bilan oʻzbek tomoshabinlariga tanish boʻlgan hind teatri, kino va televideniye aktrisasi, teletok-shou boshlovchisi va siyosatchi Kirron Her;
- 1960 yil - Olimpiya oʻyinlarining 110 metrga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha bronza medali sovrindori, 1987 yilgi yopiq inshootlardagi jahon chempioni va 110 metrga toʻsiqlar bilan yugurish boʻyicha 1985 yilgi Jahon kubogi chempioni Antoni Kempbell;
- 1964 yil – sobiq Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Jahon va Yevropa chempionatlari sovrindori, rossiyalik erkin kurashchi Gennadiy Jiltsov;
- 1973 yil - Oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi himoyachi ampulasida oʻynagan Sergey Lushan;
- 1978 yil - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman“ qoʻshigʻiga ishlangan klipidagi Chingizxon roli bilan tanilgan Maxset Otemuratov;
- 1983 yil - Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining matbuot va ommaviy axborot vositalari departamenti direktori, oʻzbek sport jurnalisti va sharhlovchisi, teleboshlovchi Davron Fayziyev tavallud topgan.




