Xovos tumaniga vaqtincha hokim tayinlandi
Bungacha u Sardoba tumani hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Ulugʻbek Yoʻldoshev Xovos tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Bungacha u Sardoba tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi edi.
Ungacha esa Guliston shahar hokimligi moliya boʻlimi mudiri lavozimida ishlagan.




