platina.uz
Jamiyat

Suriyadagi janglarda qatnashgan andijonlik ushlandi

Oʻsha paytlari terror tashkilotlari oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, amir boʻlish uchun yetakchilarning oʻzaro nizolarini koʻrib, hafsalasi pir boʻlgan uka onasi yuborgan pullar yordamida Turkiyaga qaytgan.

Suriyadagi janglarda qatnashgan andijonlik ushlandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudining hukmiga koʻra, “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkiloti faoliyatida qatnashgan fuqaro Jinoyat kodeksining 155-2 va 244-2-moddalari bilan aybli deb topilib, 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Andijon shahrida yashovchi shaxs 2017 yilning iyun oyida ishlash uchun Turkiyaning Istanbul shahriga borib, savdo doʻkonida sotuvchilik bilan shugʻullangan. Oradan bir yil oʻtib, uning oldiga akasi borgach, ular birga ishlay boshlashgan.

Lekin diniy mutaassiblikka berilgan aka oʻz ukasini toʻgʻri yoʻldan adashtirib, unga terrorchilik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan Sodiq Samarqandiy, Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriyning maʼruzalarini targʻib qilgan, Suriyaga borib, jihod qilish lozimligini aytgan.

2018 yilning kuz oylarida avval aka, keyinroq uka Suriyadagi terror tashkiloti safiga qoʻshilgan. Lekin qurolli toʻqnashuvlar vaqtida aka halok boʻlgan.

Oʻsha paytlari terror tashkilotlari oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar, amir boʻlish uchun yetakchilarning oʻzaro nizolarini koʻrib, hafsalasi pir boʻlgan uka onasi yuborgan pullar yordamida Turkiyaga qaytgan.

Keyinroq bir muddat Qirgʻizistonda, soʻngra Qozogʻistonga borgan va bu davlatning soxta fuqarolik pasportini olgan. U hujjatni qalbakilashtirgani uchun ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Jazo muddatini oʻtab boʻlgach, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan. Bu yerda esa Suriyadagi harakatlari uchun qamalgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid