Qoʻqondagi yirik yongʻin boʻyicha jinoiy ish ochildi
Yongʻinda jabrlanganlar yoki halok boʻlganlar haqida hozircha maʼlumot yoʻq.

Qoʻqon bozorida sodir boʻlgan yirik yongʻin boʻyicha Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozir Fargʻona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergov harakatlarini olib bormoqda.
Eslatib oʻtamiz, kecha bozorda katta yongʻin chiqqan, qariyb 5 gektar yer yonib ketgan. Olovni oʻchirish uchun 5 soatga yaqin vaqt sarflangan.
Yongʻinda jabrlanganlar yoki halok boʻlganlar haqida hozircha maʼlumot yoʻq. Yongʻin zarari aniqlanyapti.