platina.uz
Jamiyat

Qiziltepa hokimining noqonuniy bizneslari rasman tasdiqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Platina.uz nashri yuborgan soʻrovni oʻrganib chiqqan.

Qiziltepa hokimining noqonuniy bizneslari rasman tasdiqlandi

Platina.uz nashri Qiziltepa tumani hokimi Ulugʻbek Fayziyevning qonunlarga zid ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgani haqida yozib, bu boʻyicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga soʻrov yuborgandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi soʻrovimizni oʻrganib chiqqan. Oʻrganish davomida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida” va “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlar talablariga rioya etilmagani aniqlangan.

Xususan, Qiziltepa hokimi U.Fayziyev:

  • 2006 yil 29 noyabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan “Zarafshon Golden Group” MChJ;
  • 2017 yil 10 noyabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan “G’ani Bobo Chorvasi” fermer xoʻjaligi;
  • 2012 yil 26 sentabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan “Zarafshon Grand Invest” MChJ taʼsischisi ekani maʼlum boʻlgan.

Agentlik yoʻl qoʻyilgan ushbu qonun buzilishlarini bartaraf qilish toʻgʻrisida Navoiy viloyati hokimligiga taqdimnoma kiritganini yozgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid