platina.uz
Jamiyat

Nukusda yangi inklyuziv davlat xizmatlari markazi ochildi

Bu yerda eksterritoriallik tamoyili, yaʼni yashash va roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi joriy etilgan.

Nukusda yangi inklyuziv davlat xizmatlari markazi ochildi

Qoraqalpogʻistonning Nukus tumanida davlat xizmatlari inklyuziv markazi ochildi. Bu yerda barcha hujjatlarni bitta joyda olish va yangilash mumkin.

Mazkur inklyuziv markaz Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida pilot (sinov) tariqasida tanlangan 7 ta markazdan biridir.

Bu yerda eksterritoriallik tamoyili, yaʼni yashash va roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi joriy etilgan. Nukus tumanidagi yangi DXM 280 ta davlat xizmatlarini koʻrsatadi va kuniga 300 nafarga yaqin aholiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega.

Markazda ayollar bepul yuridik yoki psixologik yordam olishlari, yangi koʻnikmalarni rivojlantirishlari va tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun maslahat yordami olishlari mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid