Namangan viloyati hokimi isitish va yoritishga 14 mlrd. ajratdi
Ushbu mablagʻlar mahalliy byudjetning oshirib qolingan qismidan ajratilishi belgilangan.
Namangan viloyati hokimi farmoyishi bilan hududlarda isitish tizimi va elektr taʼminoti uchun 14 mlrd. soʻm ajratilgan.
Barcha tumanlarda issiqlik tizimini modernizatsiya qilish va sarf-xarajatlarni hisoblash uchun 4 mlrd. soʻm ajratilgan. Bu pullar barcha tumanlarga boʻlib berilgan.
Shuningdek, elektr uskunalari va materiallari zaxirasini yaratish, hududlardagi ehtiyojlarni hisob-kitob qilgan holda 2023 yil uchinchi chorak yakuni boʻyicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilishidan qaytarish sharti bilan 10 mlrd. soʻm foizsiz byudjet ssudasi ajratilgan.
Bu pullar “Hududiy elektr tarmoklari” AJ Namangan hududiy filialiga oʻtkazib beriladi.