platina.uz
Jamiyat

Jinsiy zoʻravonlikda ayblangan Maykl Jekson oqlangan kun

Platina.uz 13 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Jinsiy zoʻravonlikda ayblangan Maykl Jekson oqlangan kun

Xalqaro albinizmdan xabardorlik kuni. 2000 yil oʻrtalarida Tanzaniyada albinizm bilan kasallangan odamlarga nisbatan zoʻravonlik hujumlari koʻpayib borayotgani haqida xabarlar paydo boʻldi. Koʻpgina xabarlarda jinoyatchilar albinizm bilan kasallangan odamlarga azob berishda ayblangan. 2015 yilgacha jinoyatchilar 70 dan ortiq albinizm bilan kasallangan odamlarni oʻldirgan. Shuning uchun Tanzaniya bunday bemorlar huquqlarini himoya qilishga kirishdi va ilk marta bu kunni milliy bayram sifatida 2006 yil 4 mayda nishonladi. Keyinchalik, 2014 yil 26 iyundagi 26/10-sonli rezolyutsiyasida Inson huquqlari kengashi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 13-iyun Xalqaro albinizmdan xabardorlik kuni deb eʼlon qilindi.

Maʼlumot uchun: albinizm [lot. albus – oq] – odam va hayvonlar terisi va koʻzining rangdor pardasida pigmentning (yuksak oʻsimliklar tanasi yoki organlarining bir qismida yashil rangning) boʻlmasligidir. Yaʼni rangini yoʻqotgan organizmlar albinoslar deyiladi.

Kanadada erkaklar ruhiy salomatligi kuni. Ushbu tadbir 2014 yildan nishonlana boshlangan. Erkaklardagi ruhiy kasalliklarning belgilari turli yoʻllar bilan oʻzini namoyon qilishi mumkin. Ularning ruhiy salomatlik muammolarini bosh ogʻrigʻi yoki surunkali ogʻriq kabi jismoniy alomatlar sifatida koʻproq tasvirlashadi. Ruhiy kasallik belgilari va jismoniy alomatlar oʻrtasidagi bogʻliqlik koʻpincha eʼtiborga olinmaydi. Natijada, shizofreniya sindromi erkaklarda yoshlikdan rivojlanishni boshlaydi va ular ayollarga qaraganda toʻrt baravar koʻproq oʻz joniga qasd qiladi. Erkaklar oʻrtasida eng koʻp oʻz joniga qasd qilish 40 yoshdan 60 yoshgacha sodir boʻladi.
Xitoyda drakon festivali oʻtkaziladigan kun. Bu festivalni yana “Duanu” bayrami deb ham atashadi. Uning kelib chiqish tarixi Chu podsholigi davrida yashagan qadimgi xitoy vatanparvar-shoiri Syuy Yuan xotirasi bilan bogʻliq.

Butunjahon softbol kuni. Bu kun 1997 yildan buyon nishonlanib kelinmoqda, u softbol sporti va uning jamiyatimizdagi ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan. Coftbol butun dunyoda mashhur boʻlib, uni barcha yoshdagi odamlar oʻynashlari mumkin.

Xalqaro bolta otish sporti kuni. Bayram butun dunyodan professional va havaskor sportchilarni bir yerga toʻplaydi. Ushbu kun sport bilan shugʻullanadigan odamlarni oʻziga xos va qiziqarli oʻyinda ishtirok etishga va shunchaki doʻstlar va oila aʼzolari bilan yaxshi vaqt oʻtkazishga targʻibotga qaratilgan. Bolta otish haqiqatan ham sport turi boʻlib, uning maqsadi nomidan koʻrinib turibdiki, nishonga faqat bolta bilan zarba berishdir. Bunda maxsus nishon tayyorlanib, daraxtlarga ziyon yetkazilmaydi. Bu sport turi XIX asrda daraxt kesuvchilardan boshlangan, deb taxmin qilinadi. Soʻnggi paytlarda bu sport butun dunyo boʻylab mashhurlikka aylandi.

Voqealar
1774 yil – Rod-Aylend Buyuk Britaniyaning Shimoliy Amerika koloniyalaridan qullarni olib kirishni taqiqladi.
1825 yil - Nyu-Yorklik mexanik Uolter Xant toʻgʻnogʻich patenti sohibiga aylandi.
1830 yil - fransuz Bartelemi Timone tikuv mashinkasini ishlab chiqdi.
1895 yil - Emil Levassor dunyodagi birinchi haqiqiy avtomobil poygasida gʻolib chiqdi.
1920 — AQSh pochta xizmati bolalarni posilkada joʻnatishni taqiqladi.
1944 yil - Olmoniyada qanotli raketalar ilk bor qoʻllanildi.
1972 yil - Qoʻshma Shtatlar va Sovet Ittifoqi 30 yil davomida amalda boʻlgan anti-ballistik raketa shartnomasini imzoladi.
1974 yil - "Paxtakor" mashhur oʻyinlardan birini Kiyevda "Dinamo"ga qarshi oʻtkazgan.
1982 yil - Fahd ukasi Xolidning vafotidan keyin Saudiya Arabistoni qiroli boʻldi.
1983 yil – “Pioner 10” markaziy Quyosh tizimini tark etgan birinchi sunʼiy obʼektga aylandi.
2000 yil - Janubiy Koreya Prezidenti Kim Daye Jung Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Ir bilan Shimoliy davlat poytaxt Pxenyanda uchrashdi.
2000 yil - Italiya 1981 yilda Rim papasi Ioann Pavel II ni oʻldirmoqchi boʻlgan turkiyalik qurolli shaxs Mehmet Ali Agjanni afv etdi.
2005 yil - jinsiy zoʻravonlikda ayblangan Maykl Jekson oqlandi.
2007 yil – Al Askari masjidi ikkinchi marta bombardimon qilindi.
2022 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyati samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-153-sonli farmoni eʼlon qilindi.

Tavalludlar
1790 yil – Venesuelaning 11 yillik prezidenti siyosatchi Xose Antonio Payez;
1944 yil - Birlashgan Millatlar Tashkilotining sakkizinchi bosh kotibi Pan gi Mun;
1965 yil – “Muhtasham yuz yil” va “Zuleyha” seriallaridagi orqali tanish turk teatr va kino aktrisasi Vahide Perchin;
1965 yil – “Saodat” jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova;
1972 yil – oʻzbek ogʻir atletikachisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi, Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari serjanti Igor Xalilov;
1994 yil – dunyo reytingida 2-oʻrinni egallab turgan hindistonlik professional kamonchi Dipika Kumari
1995 yil – “Paxtakor” va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida markaziy himoyachi Dostonbek Tursunov tavallud topgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid