"Anhor - Lokomotiv"da 2 kishi attraksiondan yiqilib tushdi
Fuqarolar Chilonzor tumanida joylashgan Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.

Kecha, 12 iyun kuni soat taxminan 22:10 lar atrofida Shayxontohur tumanida joylashgan "Anhor - Lokomotiv" koʻngilochar bogʻida 2 kishi "Tegirmon" nomli attraksiondan yiqilib tushgan.
Aytilishicha, ular uchish chogʻida xavfsizlik kamarlarini taqmagan. Milliy gvardiya xodimlari ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishgan.
Tez yordam yetib kelgach, fuqarolar Chilonzor tumanida joylashgan Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketilgan.