Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda
Bugun kattagina asteroid Yer sayyorasiga juda yaqin uchib oʻtadi.

Diametri 500 metrdan katta 1994 XD asteroidi Yerdan 3,1 mln. km. uzoqlikda uchib oʻtadi. Bu haqda M. V. Keldish nomidagi amaliy matematika instituti xabar bermoqda.
“2023 yil 12 iyun kuni diametri 500 metrdan katta potensial xavfli asteroid 1994 XD (488453) Yerga yaqinlashadi. Asteroid 3,1 million kilometr uzoqlikda uchib oʻtadi. Bu masofa Oy va Yer oʻrtasidagi masofadan 8 baravar katta”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlash kerak, mazkur samo obʼekti ilk marta 1994 yil 1 oktbyarda Kitt-Pik rasadxonasi xodimlari tomonidan Spacewatch(Steward Observatory, Kitt Peak-Spacewatch)ni kuzatish paytida aniqlangan edi.