Urugvay yoshlar oʻrtasida jahon chempioni
Finalda bitta gol bahs taqdirini hal qildi.

Argentinada yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
Final bahsida Urugvay Rodriges tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga Italiya ustidan gʻalaba qozondi va turnir gʻolibiga aylandi.
Musobaqaning 3-oʻrin uchun bahsida Isroil terma jamoasi Janubiy Koreyani magʻlub etdi.
Final
Urugvay - Italiya - 1:0
3-oʻrin uchun:
Isroil - Janubiy Koreya - 3:1
Turnirning eng yaxshi futbolchisi: Chezare Kazadey (Italiya)
Turnir toʻpurari: Chezare Kazadey (7 ta gol)
Eng yaxshi darvozabon: Sebastyan Desplanches (Italiya)