Tabiiy ofat tufayli qozoq vaziri ishdan olindi
Prezident halok boʻlgan oʻrmon xoʻjaligi xodimlarining oila aʼzolari bilan uchrashgan.

Qozogʻistonning Abay viloyatida sodir boʻlgan oʻrmon yongʻini ortidan prezident tomonidan Favqulodda vaziyatlar vaziri Yuriy Ilin ishdan olingan.
Qozogʻiston rahbari "Semey ormanı" qoʻriqxonasidagi keng koʻlamli yongʻin oqibatida halok boʻlgan oʻrmon xoʻjaligi xodimlarining oila aʼzolari bilan uchrashdi. Qosim-Joʻmart Toʻqayev ularga hamdardlik bildirgan. Abay viloyatida sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinida halok boʻlganlar xotirasi uchun 12 iyun kunini Qozogʻistonda umummilliy motam kuni deb eʼlon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston sharqidagi Abay viloyatida tabiiy yongʻin sababli 14 kishi halok boʻlgan.