Shavkat Mirziyoyev qozoq xalqiga taʼziya bildirdi
Prezident yirik oʻrmon yongʻinlari oqibatida insonlar halok boʻlgani va katta ziyon koʻrilgani munosabati bilan qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev va qardosh qozoq xalqiga taʼziya yoʻllagan.
Abay viloyatida sodir boʻlgan yirik oʻrmon yongʻinlari oqibatida insonlar halok boʻlgani va katta ziyon koʻrilgani munosabati bilan qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ushbu oʻrmon yongʻini sababli bugun motam kuni deb eʼlon qilingandi. Masʼuliyatsizlik bilan qaragani uchun qozoq vaziri ishdan olingandi.




