Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlangani maʼlum boʻldi
U avval Maktabgacha taʼlim vazirligida masʼul lavozimda ishlardi. Keyinchalik maʼmuriy islohot fonida bu vazirlik tarkibi va nomi oʻzgartirilgandi.

Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan. Ammo bu haqda hech qayerda rasman xabar berilmagan.
Agentlik rahbariyati Ozarboyjon tajribasini oʻrganish uchun Bokuga borgan. Unda agentlik rahbari Mansurbek Olloyorov va uning ikkita oʻrinbosari ishtirok etgani yozilgan.
Shahnoza Mirziyoyeva avval Maktabgacha taʼlim vazirligida masʼul lavozimda ishlardi. Keyinchalik maʼmuriy islohot fonida bu vazirlik tarkibi va nomi oʻzgartirilgandi.
Shuningdek, Muxtorxon Toshxoʻjayev Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Eslatib oʻtamiz, prezident qarori bilan ijtimoiy xizmatlar yagona tizimga birlashtirilgan edi.