platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank pul almashishini yana rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda pul birligining denominatsiya qilinishi, yaʼni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi haqida xabarlar tarqalgan.

Markaziy bank pul almashishini yana rad etdi

Markaziy bank pul birligining denominatsiya qilinishi haqidagi xabarlarni rad etgan. 2019 yilda ham xuddi shunday raddiya berishgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda pul birligining denominatsiya qilinishi, yaʼni 1:10 000 nisbatda yangi pul belgilariga almashtirilishi haqida xabarlar tarqalgan.

"Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas, bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi hukumat va Markaziy bank tomonidan koʻzda tutilmagan", deyilgan raddiyada.

Bunday mish-mishlar 2019 yilda ham urchib ketgandi. Oʻsha paytda 100 ming soʻmlik kupyura muomalaga kiritilgan. Keyinroq 200 ming soʻmlik ham muomalaga kiritilgan.

Denominatsiya — milliy valyuta qadrsizlanishi ortidan pul almashishini bildiradi. Lekin bu iqtisodiyotdan katta xarajat talab qiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid