platina.uz
Jamiyat

DXX Qashqadaryoda xavfli shaxsni ushladi

U Yakkabogʻ tumani sudining hukmi bilan Jinoyat Kodeksining 3 ta moddasi boʻyicha aybdor deb topildi.

DXX Qashqadaryoda xavfli shaxsni ushladi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan terroristik tashkilotlar va diniy ekstremestik oqimlar taʼsiriga tushib qolgan shaxsni ushladi.

Maʼlum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida yashovchi fuqaro 2019-2022 yillarda Rossiyada mehnat migranti sifatida ishlagan davrida internet tarmogʻi orqali Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriy, Sodiq Samarqandiy, Mahmud Abdulmoʻmin va boshqalarning “hijrat” va “jihod” qilishga hamda islomiy davlat qurishga chorlovchi maʼruzalari bilan tanishib, ularning taʼsiriga tushib qoladi.

U oʻzining mobil telefoni orqali “Instagram” tarmogʻida profil ochib, aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallarni tarqata boshlagan.

Shuningdek, u “Telegram” messenjerida ham “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti vakillari bilan aloqa oʻrnatib, tashkilot gʻoyalari singdirilgan va amaldagi davlat tuzumini Konstitutsiyaga xilof tarzda oʻzgartirishga xizmat qiluvchi materiallarni targʻib qilish bilan ham shugʻullanadi.

Bundan tashqari, “Youtube” tarmogʻidagi “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining targʻibotchisi bilan bogʻlanib, uning faoliyatini faollashtirish uchun bank ilovasi orqali pul mablagʻi yuboradi.

2022 yilning sentabr oyida Oʻzbekistonga qaytib kelganidan keyin ham u gʻayriqonuniy harakatlarini davom ettiradi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida uning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyiladi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tuman sudining hukmi bilan, mazkur shaxs Jinoyat Kodeksining 1553, 159 va 2441-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid