Janubiy Afrikada vabo keng tarqalyapti
Mamlakat prezidenti Siril Ramafosa epidemiyaning markaziga tashrif buyurdi.

Janubiy Afrikada fevral oyida boshlangan vabodan vafot etganlar soni 31 nafar yetgan. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatning Gauteng provinsiyasida vabodan 29 kishi, Fri-Steyt va Mpumalanga provinsiyalarida yana bittadan oʻlim qayd etilgan.
Janubiy Afrikada jami 166 ta laboratoriya tomonidan tasdiqlangan vabo infeksiyasi aniqlangan, yana 202 nafari shifokorlar tomonidan tekshirilyapti. Avvalroq hukumat rasmiylari oʻlimlar soni 22 tani tashkil etganligini qayd etgan.
Mamlakat prezidenti Siril Ramafosa epidemiyaning markaziga aylangan Xammanskraalega tashrif buyurdi.
Prezident vabo epidemiyasini tezroq bartaraf etish uchun hukumat barcha zarur choralarni koʻrayotganini maʼlum qilgan.

