Davlatlar Putindan voz kechayotganda u birlashishni taklif qildi
Putin bu taklifni Sochida boʻlib oʻtgan YeOII va MDH davlatlari hukumat rahbarlari ishtirokidagi yigʻilishda aytgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq ittifoq davlatlari orasida taʼlimni bir xillashtirish haqida gapirgan. Bu gap bir qator davlatlar aynan Rossiyadan yuz oʻgirayotgan paytda yangragan.
Putin bu taklifni Sochida boʻlib oʻtgan YeOII va MDH davlatlari hukumat rahbarlari ishtirokidagi yigʻilishda aytgan. Unda Markaziy Osiyo davlatlari bosh vazirlari, xususan, Abdulla Aripov ham ishtirok etgan.
"Yana bir bor taʼkidlayman: hammamiz sovet ittifoqidanmiz — sovet taʼlim tizimiga qaytishimiz kerak degani emas. Biz faqat taʼlim tizimimizning asosiy poydevorini qurishimiz kerak, dunyodagi eng yaxshisini olib, oʻzimiznikini yaratamiz", dedi Putin.
Soʻnggi kunlarda Tojikiston va Rossiya oʻrtasidagi vaziyat keskinlashyapti. Tojiklar YeOII tarkibiga qoʻshilmoqchi emas, Armaniston esa ODKBdan chiqib ketmoqchi. Ozarbayjon ham Rossiya bilan aloqalarni sovuqlashtiryapti.