Birinchi hayvonot bogʻi qayerda ochilgan?
Platina.uz 10 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 10 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Jahon zamonaviy sanʼat kuni – arxitektura, rassomlik, sheʼriyat, musiqa va boshqalarda yuksak zamonaviy uslubdagi sanʼatni targʻib qilish hamda uning merosini asrab-avaylash maqsadida tashkil etilgan.
Xalqaro geraldika kuni – geraldika bu gerblarni, shuningdek, ulardan foydalanish anʼanalari va amaliyotlarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan maxsus tarixiy fan. U emblematikaning bir qismi boʻlib, timsollarni oʻrganadigan oʻzaro bogʻliq fanlar guruhidir. Geraldika davlat gerbi, oilaviy gerb va boshqalarga nima va qanday qoʻllanilishi mumkinligini aniq belgilaydi, ayrim raqamlarning maʼnosini tushuntiradi. Geraldikaning ildizlari oʻrta asrlarga borib taqaladi, oʻshanda maxsus geraldik til yaratilgan.
Yevropada muzqaymoq kuni – 1987 yilda ikki doʻst Ben Koyen va Jerri Grinfild muzqaymoq doʻkoni ochdilar. Doʻkon tezda mashhur boʻldi. Biznes boshlanganining har yillik yubileyini nishonlash maqsadida ular bepul muzqaymoq kunini tashkil etishdi. Soʻngra bu kun butun mamlakatga, keyinchalik dunyoga tarqaldi.
Iordaniyada Armiya va Arab uygʻonish davri kuni – bayram tarixi Iordaniya Usmonli imperiyasining bir qismi boʻlgan XX asr boshidagi voqealarga borib taqaladi. 1916 yilda Makkada bir paytlar qudratli imperiya tarkibiga kirgan arab xalqlarining oʻzini anglashi kuchayishi tufayli Usmonlilar hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. Mustaqillik uchun faol harakat boshlandi. Iordaniyaliklar uzoq davom etgan kurashlarda qurbon boʻlganlarni hamon xotirlaydi.
Voqealar
- 1793 yil – Parijda dunyodagi birinchi ommaviy hayvonot bogʻi ochildi.
- 1936 yil – Moskvada “Soyuzmultfilm” studiyasiga asos solindi.
- 1943 yil – AQShda sharikli ruchkalarga patent olindi.
- 1947 yil – “Saab” korxonasi oʻzining ilk avtomobilini ishlab chiqardi.
- 1999 yil – Zulfiya nomidagi davlat mukofotini taʼsis etish toʻgʻrisida farmon imzolandi.
- 2008 yil – Sudanda samolyot avariyaga uchrashi natijasida 30 kishi halok boʻldi.
Tavalludlar
- 1920 yil – mashhur oʻzbek adibi Said Ahmad;
- 1921 yil – Britaniya qiroli Charlez III;
- 1939 yil – amerikalik aktrisa Aleksandra Styuart;
- 1946 yil – "Bilmasvoy oyda“ multfilmida Bilmasvoy qahramoniga ovoz bergan Venera Rahimova;
- 1973 yil – Oʻzbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Gulyanaq Mammadova;
- 1978 yil – Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Azizbek Ikromov;
- 1994 yil – Boks boʻyicha Osiyo chempionati gʻolibi, Jahon va Osiyo chempionatida erkaklar oʻrtasida 60 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medali sovrindori Elnur Abduraimov.




