Yozuvchilar oʻz haqini talab qilgan tarixiy kun
Platina.uz 9 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 9 iyun bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Butunjahon akkreditatsiya kuni — sinov laboratoriyalarining texnik vakolatlarini tan olish uchun akkreditatsiyani amalga oshiruvchilar kasb bayrami. Ushbu bayram 2008 yil Xalqaro akkreditatsiya forumida tashkil etilgan. Bu kunning asosiy maqsadi akkreditatsiya sohasida ishlayotganlarga imkon qadar koʻproq eʼtibor jalb qilish, shuningdek, yangi xodimlarni kasbga yoʻnaltirishga qaratilgan.
Xalqaro arxivlar kuni — 2004 yilda Venada boʻlib oʻtgan Xalqaro arxivlar kongressida 2000 dan ortiq ishtirokchi BMTni Xalqaro arxivlar kunini nishonlashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. 2007 yil noyabr oyida boʻlib oʻtgan Bosh Assambleyasida esa 9 iyun – Xalqaro arxivlar kuni sifatida rasmiy belgilab qoʻyildi va Xalqaro arxivlar kengashi tuzildi. Ushbu tanlov butun arxiv jamoasi tomonidan maʼqullanib, qabul qilindi.
Milliy taom tayyorlash kuni — 2021 yildan boshlab asosan koʻplab Yevropa davlatlarida nishonlanayotgan bu bayramning tashkil etilishiga sabab, koʻpincha insonlarning yarim tayyor mahsulotlardan taom tayyorlashni afzal koʻrayotganidir. Sotsiologlar “odamlar kam harakat turmush tarzi tufayli ortiqcha vazn toʻplamoqdalar va buning yechimi parhez deb oʻylamoqdalar. Biroq bu xato. Chunki bunda organizm oʻziga kerakli ozuqalarni toʻplay olmaydi” degan fikrda. Shuning uchun ham bu bayram bilan odamlarni tabiiy taomlar tayyorlashga undash maqsad qilingan.
Yozuvchilar huquqlarini himoya qilish kuni — Bundan 31 yil oldin amerikalik yozuvchilar ish haqini oʻz vaqtida va koʻproq toʻlashni, mualliflik huquqini himoya qilishni kuchaytirishni talab qilib chiqdilar. Mitingda Yozuvchilarning elektron huquqlari deklaratsiyasi imzolandi. Shundan soʻng bu bayram nafaqat Amerikada, balki boshqa koʻplab davlatlarda norasmiy ravishda nishonlanadigan boʻldi.
Voqealar
- 1815 yil – Lyuksemburg Fransiyadan ozod boʻldi.
- 1923 yil – Bolgariyada harbiy toʻntarish sodir etildi.
- 1957 yil – Pokistonda joylashgan Broad choʻqqisi Avstriya ekspeditsiya aʼzolari tomonidan zabt etildi.
- 1972 yil – Kuchli yomgʻir tufayli Janubiy Dakota shtatidagi “Qoratepalik” toʻgʻoni yorilib ketishi oqibatida 240 kishi vafot etdi va hukumat 160 million dollardan ortiq zarar koʻrdi.
- 1993 yil – 22 yil muqaddam Stiven Spilbergning “Yura davri” (mezazoy erasining II davri) blokbaster filmi premerasi boʻldi.
- 2017 yil – Qoʻshni Qozogʻistonda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti boʻlib oʻtdi.
- 2020 yil– Oʻzbekiston Respublikasining “Faxriy murabbiy” ordenini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi.
Tavalludlar
- 1956 yil – Oʻzbekistonning Polshadagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Boboyev;
- 1963 yil – amerikalik aktyor Jonni Dep;
- 1965 yil – Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi Saidikrom Niyozxoʻjayev;
- 1981 yil – Isroilda tugʻilgan, Amerikada yashab ijod qilib kelayotgan aktrisa Natali Portman;
- 1985 yil – mashhur hind aktrisasi va model Sonam Kapur.




