Yoshlarga aviachipta uchun chegirma eʼlon qilindi
Chegirmalar 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar uchun amal qiladi.

Uzbekistan Airways 9 iyundan 30 iyungacha barcha mahalliy reyslar uchun aviachiptalar tariflarga 15 foiz chegirma eʼlon qilgan. Chegirmalar 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar uchun amal qiladi.
Aytilishicha, 15% chegirma faqat 2023 yil iyun oyida amalga oshiriladigan sotuvdagi ichki yoʻnalishlarning ekonom-klass tariflariga taalluqlidir.
Chegirmalar Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan “Yoshlar oyligi”ga bagʻishlangan boʻlib, chiptalarni faqat Uzbekistan Airways sotuv filialida va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.