Samarqanddagi ayanchli YTHda 4 kishi halok boʻldi
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

8 iyun kuni soat 19:30 larda Urgut tumani “Omonqoʻton” mahallasi hududidan oʻtuvchi yoʻlda “Kobalt” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻlning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan “Kamaz” yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketgan.
Natijada “Kobalt” haydovchisi va ichidagi 3 yoʻlovchi olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Kamaz” avtomashinasi haydovchisi Urgut tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.




