Samarqandda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi
Samarqand viloyati IIB, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tezkor tadbir tadbir oʻtkazdi.

Samarqand shahar hokimining Shukrona MFY boʻyicha yordamchisi bir odamning ishonchiga kirib, bankdagi mansabdor tanishlari orqali 150 million soʻm miqdorida kredit chiqarib berish evaziga 1500 dollar pullarni talab qilgan.
Xabarga koʻra, u Shukrona mahallasida maishiy xizmat koʻrsatish yoʻnalishida tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Xalq banki Samarqand shahar filialidan kredit olmoqchi boʻlgan.
Ammo hokim yordamchisi buni oson hal qilish uchun pora soʻragan. Shu tariqa fuqaro 7 iyun kuni ichki ishlarga ariza bilan murojaat qilgan.
Arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari tezkor tadbir tadbir oʻtkazgan.
Tadbirda Shukrona MFY binosi yonida hokim yordamchisi ariza muallifidan 1500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




