Yevropa konferensiyalar ligasi gʻolibi aniqlandi
Praga shahridagi "Eden" stadionida oʻtgan "Fiorentina" va "Vest Hem" ishtirokidagi final oʻyini boʻlib oʻtdi.

Kecha tunda Yevropa konferensiyalar ligasi (YeKL) finali boʻlib oʻtdi va unda Angliyaning "Vest Hem" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Praga shahridagi "Eden" stadionida oʻtgan "Fiorentina" va "Vest Hem" ishtirokidagi final oʻyinida birinchi taymda hisob ochilmadi. Ammo 62-daqiqada italyanlar penaltilan gol urishdi.
Shundan soʻng inglizlarning jahli chiqdi chogʻi, 5 daqiqadan keyin hisobni tenglashtirishdi. Oʻyin shiddati soʻnggi daqiqagacha soʻnmadi. 90-daqiqada Bouen londonliklar uchun gʻalaba keltirdi.
Shu tariqa "Vest Hem" jamoasi YeKL tarixida ikkinchi gʻolib jamoaga aylandi va Yevropa ligasi guruh bosqichiga yoʻllanma oldi.
YeKL, final
Fiorentina - Vest Hem 1:2
Gollar: Benrahma 62 pen. - Bonaventura 67, Bouen 90




