Buxoro hokimi koʻngilochar tadbirlar uchun 600 mln.dan koʻp pul ajratdi
Eng qizigʻi, ushbu farmoyish maxfiy hujjat sifatida qayd etilgan.

Buxoro viloyati hokimi mahalliy budjetning zaxira jamgʻarmasi hisobidan 263 mln. soʻm va 387 mln. soʻm miqdoridagi mablagʻlarni har xil bayram va festivallar uchun ajratgan.
Eng qizigʻi, ushbu farmoyish maxfiy hujjat sifatida qayd etilgan.
Masalan, viloyat turizm va madaniy meros boshqarmasi xodimlarining xorijiy davlatlarda viloyatning turizm salohiyati boʻyicha targʻibotlar oʻtkazish uchun xizmat safari xarajatlari 228,7 mln. soʻm berilgan.
"Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” bayram tadbirlarini oʻtkazish uchun 80,8 va 118,9 mln. soʻm, "Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali doirasida "Sobiq Shahriston" bozori va tillo bozor atrofini stendlar bilan oʻrash uchun 137,4 mln. soʻm ajratilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq viloyat hokimi quyosh panellarini oʻrnatishda sustkashlikka yoʻl qoʻygan 6 ta hokimni qattiq ogohlantirgan edi.