platina.uz
Jamiyat

Toshkentda bir erkak oʻz joniga qasd qildi

Holat boʻyicha tekshirish harakatlari davom etmoqda. 

Toshkentda bir erkak oʻz joniga qasd qildi

Toshkentda 1985 yilda tugʻilgan erkak koʻp qavatli uyning 4-qavatidan oʻzini tashlab yuborib, vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Xayot Shamsuddinovning maʼlum qilishicha, voqea 5 iyun kuni soat 00.30 larda sodir boʻlgan.

Tekshirish davomida 38 yoshli marhum plastik rom ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanganligi va soʻnggi vaqtlarda qarzlari koʻpayib ketganligi sababli tushkunlikda yurganligi aniqlangan.

"Tekshirish harakatlari davom etmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 1 iyun kuni Jizzaxda 2005 yilda tugʻilgan qiz oʻzini yuqori qavatli uyning tomidan tashlab yuborib, vafot etgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid