Toshkent tumanida 6 yoshli bola choʻkib ketdi, 4 kundan beri topilmayapti
Oradan shuncha vaqt oʻtgan boʻlishiga qaramay, Favqulodda vaziyatlar vazirligi biror xabar bermagan.

2023 yil 3 iyun kuni Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Koʻkterak hududi, Uchsada mahallasidan oqib oʻtgan Zaxariq kanalida 6 yoshli bola choʻkib ketgan.
2017 yilda tugʻulgan F.F.F. ehtiyotsizlik oqibatida “Zax Keles” boshqarmasiga qarashli kanalga tushib choʻkib ketgan, 4 kundan beri uning tanasi topilgani yoʻq.
Bu kanal qoʻshni Qozogʻistonning Keles va Sayragʻach boʻlimlari, viloyatning Qibray va Toshkent tumanlarini suv bilan taʼminlaydi.
Oradan shuncha vaqt oʻtgan boʻlishiga qaramay, Favqulodda vaziyatlar vazirligi biror xabar bermagan.
Eslatib oʻtamiz, yaqinda Yangiyoʻlda 16 yoshli bola choʻkib oʻlgandi. Avvalroq esa Samarqandda 3 bola choʻkib ketgan, ularning jasadi keyinroq topilgan edi.