platina.uz
Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Italiyaga yetib bordi

Tashrifning asosiy voqealari 8-9 iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Shavkat Mirziyoyev Italiyaga yetib bordi

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Italiyaga yetib bordi. Uni xalqaro aeroportda Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto kutib oldi.

Shu tariqa Mirziyoyev oʻzi uchun ajratilgan qarorgohga yoʻl oldi. Tashrifning asosiy voqealari 8-9 iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Xususan, Rim shahrida Shavkat Mirziyoyev prezident Serjo Mattarrella va bosh vazir Jorja Meloni bilan muzokaralar oʻtkazadi.

Bosh qarorgohi Italiya poytaxtida joylashgan Birlashgan Millatlar Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dunʼyuy bilan uchrashuv oʻtkazadi. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi Milan shahrida boʻlib oʻtadi — Oʻzbekiston prezidenti Lombardiya provinsiyasi gubernatorini qabul qiladi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid