platina.uz
Jamiyat

Samarqandda qizcha 4-qavatdan tushib ketdi

Oʻsha atrofda aylanib yurgan 11-sinf bitiruvchilari qizchaning hayotini saqlab qolishgan.

Samarqandda qizcha 4-qavatdan tushib ketdi

1 iyun kuni Samarqand shahridagi koʻp qavatli uyning 4-qavatida bir qizcha boshi panjara orasiga tiqilib, tanasi havoda osilib qolgan.

Oʻsha atrofda aylanib yurgan 11-sinfning 4 nafar bitiruvchisi qizchaning hayotini saqlab qolishgan. Oʻquvchilardan biri darhol qizaloqning ota-onasiga xabar berishga ketgan, qolganlari balkon ostida qoʻllari bilan qutqaruv panjarasini yasagan.

Qizaloq pastga qulagan, yigitlar uni tutib olishgan. Aniqlanishicha, onasi uy ishlari bilan ovora boʻlib, bolasiga qaramagan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid