platina.uz
Iqtisod

Iqtisodiy erkinlik reytingida hamon oʻrtalikdamiz

Indeksda birinchi oʻrinda Singapur, oxirgi oʻrinda esa Shimoliy Koreya koʻrsatilgan.

Iqtisodiy erkinlik reytingida hamon oʻrtalikdamiz

2023 yilgi iqtisodiy erkinlik indeksida Oʻzbekiston 109-oʻrinni egallab, oʻrtacha erkin degan maqomga ega boʻlgan. Oʻtgan yili 117-oʻrinda edi.

Qoʻshni Tojikiston 146-, Turkmaniston 161-. Qirgʻiziston esa 115-oʻrinlarni egallagan. Indeksda birinchi oʻrinda Singapur, oxirgi oʻrinda esa Shimoliy Koreya koʻrsatilgan.

Iqtisodiy erkinlik reytingi quyidagi mezonlar boʻyicha tuziladi:

  • mulk huquqlarini himoya qilish;
  • huquqiy tizimning samaradorligi;
  • davlat organlarining korrutsiyadan ozodligi;
  • soliq erkinligi;
  • davlat xarajatlari (hukumatdan erkinlik);
  • moliyaviy erkinlik;
  • biznes erkinligi;
  • mehnat munosabatlari erkinligi;
  • pul erkinligi;
  • savdo erkinligi;
  • investitsiya erkinligi;
  • moliyaviy erkinlik.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid