Fargʻonada "hoji firibgarlar" ushlandi
Hozir ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
![Fargʻonada "hoji firibgarlar" ushlandi](https://cp.platina.uz/media/CACHE/images/1a7ae5b6ad8321af32ba0955ef618e9b0603.56c7aacb6bce.webp)
Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari bir nechta tezkor tadbirlar oʻtkazib, hajga yuborishni vaʼda qilib, odamlarni aldagan firibgarlarni qoʻlga olingan.
Margʻilon shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma rahbari Ya.M. oʻzganing ishonchiga kirib, uni va tanishini haj ziyoratiga yuborish evaziga 16 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Margʻilon shahrida faoliyat yurituvchi boshqa bir turistik firma xodimi A.T. esa Qoʻshtepa tumanida yashovchi fuqaroga haj-2023 vizasi rasmiylashtirib, ziyoratga yuborish evaziga talab qilingan 10 ming dollardan 4 ming dollarini oldindan olgan vaqtida ushlangan.
Buvayda tumanida kuzatilgan holatda Andijon shahridagi turistik firma vakili M.J. Margʻilon shahrida yashovchi fuqaroning onasiga haj-2023 vizasi rasmiylashtirib, ziyoratga yuborish evaziga talab qilingan 8500 dollardan 3 ming dollarini oldindan olgan vaqtida ushlangan.
Hozir ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.